Sirdaryo viloyat hokimligida Guliston shahridagi tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “CHELEBI TEXTILE” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasining xorijiy hamkori Savash Chelebi (Turkiya) bilan loyihaning kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.
Korxona 2023-yilda qoʻshimcha 7,7 mln AQSH dollari investitsiya kiritish orqali faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Rejadagi loyihaga koʻra 500 ish oʻrniga ega yangi tikuvchilik fabrikasini qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek, yillik eksport hajmini 20,0 mln AQSH dollariga yetkazish koʻzda tutilgan.
Dastlabki muzokarada Guliston shahar hududidan korxonaga yangi bino va inshootlar qurish uchun yer maydoni ajratish masalasi koʻrib chiqildi.
Loyiha uchun zarur yer maydonini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi Farmoniga asosan yer maydonlarini ajratish “E-auksion” elektron savdo platformasida ochiq tanlov orqali ajratib berilishi kelishib olindi, deya yozadi viloyat hokimligi axborot xizmati.