— Koronavirusning hind varianti boshqa turlarga qaraganda ogʻir kasalliklarni koʻproq keltirib chiqaradi, dedi Fauchi. — Bu turdagi virusni yana-da xavfli deb atash mumkin. Kasallikning ogʻir kechishi, bemorning kasalxonaga yotqizilishi va baʼzi hollarda oʻlimga olib keladi, — deya taʼkidladi shifokor, amerikalik olimlar tomonidan tahlil qilingan maʼlumotlarga asoslanib.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, SARS-CoV-2 virusining hindcha versiyasi boshqa turlarga qaraganda odamdan-odamga oson yuqadi. “Bu esa aniq muammodir”, — deya xulosa qildi AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi.

Fauchi, shuningdek, Qoʻshma Shtatlarda soʻnggi bir oyda koronavirus tufayli yuz bergan oʻlimning taxminan 99,2 foizi emlanmagan odamlar orasida kuzatilganini aytdi.