Tadbirda fuqaro S.X. oʻzgalar mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishni koʻzlab, fuqaro M.ning Oʻsh texnologiya universitetidagi oʻqishini 1 400 AQSH dollari evaziga Samarqand davlat universitetiga koʻchirib berishni hamda 2 nafar fuqaroning har biriga 800 AQSH dollaridan hisoblab, 1 600 AQSH dollari evaziga Chimkent shahridagi “Muxtor Avezov” nomidagi institutga 2-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, jami 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.