Tadqiqotda 140 ming 728 kishining maʼlumotlari tahlil qilindi. Maʼlum boʻlishicha, qovurilgan taomlarni koʻp isteʼmol qilganlarda tashvish yoki ruhiy tushkunlik alomatlari koʻproq aniqlangan.

Xususan, ular bunday oziq-ovqatlarni tez-tez isteʼmol qilganlarida alomatlar 7-12 foizga oshganini va eng katta xavf fransuz kartoshkasini isteʼmol qilish bilan bogʻliqligini aniqlashdi.

Biroq tadqiqotchilar qovurilgan ovqatlarni tez-tez isteʼmol qilish ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishini qatʼiy isbotlash uchun koʻproq tadqiqot ishlarini olib borish kerakligini taʼkidlashdi.

Yana bir fikrga koʻra, tadqiqot guruhidagi odamlar tashvish yoki depressiyadan aziyat chekkanlari uchun koʻproq qovurilgan ovqat isteʼmol qilishgan, deyiladi lenta.ru saytida.