Shu vaqtda uning oldiga “Feruz”, “Navroʻz”, “Ismoil” va “Isroil” ismli shaxslar kelib, undan 400 AQSH dollari miqdorida boʻlgan pullarini olib qoʻygan va voqea joyidan yashiringan, deya xabar beradi IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi.
Mazkur holat boʻyicha olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Toshkent shahar Mirobod tumani Qoʻyliq mavzesida yashovchilar – 1984-yilda tugʻilgan X.I., 1986-yilda tugʻilgan X.F. hamda 1978-yilda tugʻilgan X.I. qoʻlga olingan.
Ushlangan shaxslar bilan olib borilgan tergov oldi surishtiruv ishlar natijasida, ular F.A.ni 7-8 yildan beri tanishini, arizachi ulardan doimiy ravishda meva olib ketib, 4.000.000 soʻm miqdorida qarz boʻlib, 2 yildan beri bermasdan qochib yurgani, soʻng shu yilning 14-noyabr kuni soat 10.00 da arizachini koʻrib qolganlarida, u bilan nizolashib, yonida boʻlgan 400 AQSH dollar miqdoridagi pullarini olib qoʻyishganini bildirgan.
Mazkur holat boʻyicha hujjatlar toʻplanib, Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.