Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qoʻpol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targʻibot ishlari oʻtkazilishiga qaramasdan obyektda holat oʻzgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori” ning ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.
Obyektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi toʻgʻrisida xulosa berilmagunga qadar “ovqat bozori” ish faoliyatini davom ettirmaydi.