Qozog'iston davlat chegarasini kesib o'tishda koronavirusga topshirilgan PZR testi va emlanganlik sertifikatlarini ko'rsatish talabini bekor qiladi. Mazkur tartib 8-iyundan amal qilishi rejalashtirilgan.

Bu ham Qozog'iston fuqarolari, ham chet elliklarga taalluqli ekani aytilmoqda.

eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiya 1-iyundan xorijliklar uchun PZR testlarini bekor qilgandi.