Mehmonlar Buxoro shahridagi M.Burxonov va “Zarafshon” mahallari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv mobaynida mahalla instituti, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, mahalla raisi, uning funksiyalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shu bilan birga mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va profilaktika inspektori vazifalari, oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda aholi bilan tizimli ishlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berib oʻtildi. Delegatsiya aʼzolari mamlakatimizda mahalla institutiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni yuqori baholadi.