Qozogʻiston ishbilarmonlariga oxirgi yillarda Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv trikotaj tarogʻi rivoji, erishilgan natijalar va kelgusida tarmoqni ikki davlat ishbilarmonlari bilan hamkorlikda rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdim etildi.

Taqdimotdan soʻng Qozogʻiston ishbilarmonlari tomonidan respublikamizda yaratilgan sharoitlar, sohani boshqaruv uslubi, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati boʻyicha qiziqishlar bildirildi. Shuningdek, bir qator tadbirkorlar tomonidan oʻzbek mahsulotlarini yirik savdo komplekslariga yetkazib berish, dizayn va moda yoʻnalishida ikki davlat urf-odatlari va madaniyatini inobatga olgan holda kolleksiyalar yaratish va isteʼmolchilarga yetkazib berish hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari tajribasini oʻrganish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.