Bugun Notarial palata hamda Qozogʻiston Respublikasi Notarial palatasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi soʻzimizning isbotidir.
Onlayn oʻtgan tadbirda Qozogʻiston Notarial palatasi raisi Asel Janabilova Oʻzbekistonda notariat sohasida qisqa davr ichida oʻtkazilgan ulkan islohotlar, tubdan yangilanishlar, aholiga yaratilayotgan qulayliklarni eʼtirof etdi.

Oʻzbekiston Notarial palatasining Xalqaro notariuslar ittifoqi aʼzoligiga tayyorgarlik koʻrayotganligini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Ikki tomonlama imzolangan memorandum doirasida Qozogʻiston hamda Oʻzbekiston Notarial palatalari notariat sohasini takomillashtirish borasida konferensiyalar oʻtkazish, notariuslarning oʻzaro tajriba almashishini tashkil etish borasida kelishib olindi.