Qozogʻiston oʻz fuqarolariga koʻmir xaridi uchun yangicha usulni taklif qilmoqchi

    Taʼkidlanishicha, qattiq yoqilgʻini ommabop bozorlar va bank ilovalari orqali sotish variantlari ishlab chiqilmoqda.

    Qozogʻiston hukumati aholiga bank ilovalari va ommabop bozorlar orqali koʻmir sotishni tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, koʻmir narxi oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida rasmiylar olti oy muddatga avtomobil transportida koʻmir eksportini cheklagan.

    "Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida qattiq yoqilgʻini ommabop bozorlar va bank ilovalari orqali sotish variantlari ishlab chiqilmoqda. Bu yoʻnalishda mamlakatimizdagi yirik banklardan biri allaqachon Qoʻstanay viloyatida sinov loyihasini ishga tushirgan”, - deyiladi xabarda