Bu haqda review.uz Qozogʻiston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirliga tayanib xabar qildi.

Dekabr oyida ikki davlat vakillari Qiziloʻrda-Uchquduq avtomobil va temir yoʻl qurilishi rejasini imzolagan. Magistral yoʻlning umumiy uzunligi 280 km ni tashkil etib, uning 140 kilometri Qozogʻiston hududidan oʻtishi kutilmoqda.

2024−2025-yillarda yoʻlning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, 2025-yildan esa ikki-uch yil ichida yoʻl qurilishini boshlash rejalashtirilgan.

Avtomobil yoʻli qurilishining smeta qiymati 75 mlrd tenge (173 mlr dollar), jumladan, nazorat-oʻtkazish punkti qurilishi uchun 5 mlrd tengeni tashkil etadi.

Mazkur yoʻlning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozogʻistonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda. Yoʻl Qiziloʻrda — Jezqazgʻon — Pavlodar — Rossiya chegarasi xalqaro koridorining bir qismi boʻladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomoni Qiziloʻrda — Uchquduq yangi temir yoʻl liniyasini qurish tashabbusi bilan chiqmoqda. Qoʻshma harakatlar rejasi imzolandi. Texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish uchun iqtisodiy tahlil oʻtkazish qoladi.

Bu ikki davlatning rejalaridagi yagona temir yoʻl emas.

Sayyohlik salohiyatini oshirish uchun 2021−2024-yillarda 160 mlrd tengega (taxminan 369 mln dollar) Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar avtomobil yoʻlini qurish masalasi ham ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning eng yirik tarixiy-madaniy markazlarini birlashtiradi, yoʻlovchi tashish hajmini yiliga 250 km/soat tezlikda 1,9 mln yoʻlovchiga yetkazadi.

Shuningdek, 115 km uzunlikdagi Oʻzbekiston temir yoʻl liniyalariga chiqadigan Darbaza — Maqtaral temir yoʻl liniyas qurilishi ham ishlab chiqilmoqda. Davlat rejasida mazkur loyihaga 161,8 mlrd tenge mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Mazkur temir yoʻlning Afgʻoniston, Pokiston, Turkmanistonga tranzit masofasini qisqartirishi, mavjud Sariagʻash nazorat-oʻtkazish punktidagi yuklamani yengillashtirishi kutilmoqda.