Maʼlumki, parlamentning bir guruh deputatlari Qozogʻiston poytaxtiga Ostona shahrining sobiq nomini qaytarishni taklif qilgan.

Prezidentga bu boradagi tashabbus haqida deputatlar maʼlumot berib, ular oʻz navbatida aholi bilan uchrashuvlarda takror bildirilgan takliflar, referendum davomida fuqarolarning koʻplab murojaatlariga tayandi.

Shundan soʻng Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti nomini Nursultondan Ostonaga oʻzgartirishga rozilik bildirib, mazkur taklif Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilishiga ruxsat bergan.

Shu bilan birga, Prezident N.A.Nazarboyevning Qozogʻistonning zamonaviy davlatchiligini mustahkamlash va poytaxtni shakllantirishdagi munosib hissasini eʼtirof etdi, deyiladi orda.kz saytida.

Shuning uchun Birinchi Prezident nomidagi boshqa obyektlar ham oʻz nomini saqlab qolishi kerak”, – dedi Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.