Qozog'iston parlamenti veypni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni to'liq taqiqlovchi qonunni qabul qildi

    Hujjatda qoidabuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.

    “Ayrim qonun hujjatlariga sog'liqni saqlash masalalari bo'yicha o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonunda veyp savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:

    veplarni sotish uchun maksimal jazo – 50 kungacha qamoq;

    olib kirish va tarqatish uchun – 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

    jinoiy guruh tomonidan yoki o'ta yirik miqdorda yoki takroran sodir etilgan o'sha harakatlar uchun – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

    Parlament deputatlari veypni tarqatishni tartibga soluvchi qonunni ikkinchi o'qishda qabul qilgan edi. Hujjatda respublikaga vapni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash nazarda tutilgan, deb xabar beradi tengrinews.kz.