Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qoʻmondoni, general -mayor R. Djurayev ishtirokida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda qoʻmondon oʻrinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi rahbarlari ishtirok etdi va shu bilan qatorda hududiy boshqarmalar hamda viloyat oʻquv markazlari boshliqlari boʻlsa videokonferensaloqa orqali qatnashdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat oʻrtasida xavfsizlik va harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Qozogʻiston delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik mustahkam koʻp asrlik doʻstlik va ahil qoʻshnichilik rishtalariga asoslanganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida rahbarlar bir qator amaliy chora -tadbirlarni oʻz ichiga olgan 2022-yilga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi.
Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari tashrif doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi, Gʻalaba bogʻi, shuningdek, Milliy gvardiyaning bir qator boʻlinmalariga tashrif buyurdi.
Tashrif anʼanaviy hamda doʻstona muhitda boʻlib oʻtyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.
Qozogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikning yangi bosqichi
Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari-Milliy gvardiya bosh qoʻmondoni general-leytenant R.Jaksыlыkov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga javob tashrifi bilan keldi.
O‘quvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktabdan chiqarish onlayn amalga oshiriladi
- Tekshiruvdan ishonchga, imkoniyatdan natijaga: tadbirkorlar kutgan imtiyozlar berildi
- Istiqlolning tarixiy irodasi va yangi oʻzbekiston fenomeni
- Saida Mirziyoyeva: Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanadi
- Qashqadaryoda ekopolitsiya inspektoriga hujum qilindi
- Poytaxt tumanlarini rivojlantirish boʻyicha yangi yondashuvlar belgilab berildi
Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi