Mazkur xabarlarga Oʻzgidromet munosabat bildirdi.

Maʼlumotga koʻra, Qozogʻistonning Qizil-Oʻrda viloyatida soat 17:00 da 15-20 m/s tezlikda shamol esgan, koʻrish masofasi 10 kmni tashkil etgan.

Qozogʻiston ustidagi havo massalari Toshkentga taʼsirini koʻrsatmaydi.

2025-yil 25-sentyabr kuni soat 23:00 da shamolning tezligi 10-12 m/s, 26-sentyabr kuni soat

2:00 da shamolning tezligi 7-10 m/sni tashkil etishi kutilmoqda.

Prognoz maʼlumotlariga koʻra, kechasi Qozogʻistonda shamol kuchayadi.

Shuningdek, 26-sentyabr kuni prognozlarga koʻra, Toshkent shahrida shamol tezligi 3-8 m/sdan 10-12 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi ehtimoli mavjud.