Havo yo'nalishi ochilganidan beri Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga yo'nalish bo'yicha 19 ta aviareys amalga oshirildi.
Yangi yo'nalishdan allaqachon Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksemburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad aviation (Shveytsariya), Western Global Airlines (AQSh), Aerologic Cargo Airlines (Germaniya) kompaniyalari foydalandi.
T916 havo koridorining umumiy uzunligi 2187 kilometr. Havo kemalari O'zbekiston Respublikasining 437 kilometr, Qozog'iston Respublikasining 1750 kilometr havo hududidan uchib o'tadi, deb xabar beradi zakon.kz.