Ular dastlab Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi bilan tanishib, oʻzbek adabiyoti haqida maʼlumotlarga ega boʻldi.

Shundan soʻng mehmonlar va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Yoshlik”, “Jahon adabiyoti” jurnallari jamoalari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Samimiy gurung davomida oʻzaro tajriba almashish, oʻzbek-qozoq adabiy aloqalarni mustahkamlash borasida fikrlar tinglandi.

Davra suhbati soʻnggida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid mehmonlarga uyushma homiyligida chop etilgan kitoblar va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Shundan soʻng mehmonlar Adiblar xiyobonini tomosha qildi. Yurtimizda adabiyotga berilayotgan bunday eʼtibordan hayratlanishdi.