“Qonun loyihasi yoshlarga oid davlat siyosati sohasini takomillashtirish, jamoatchilik munosabatlarini har tomonlama tartibga solishning samarali huquqiy asoslarini shakllantirish, aholi bandligini ta'minlash, yoshlar kamoloti uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Qonun loyihasi bilan ishlash jarayonida deputatlar «yoshlar» tushunchasining yosh chegarasini 29 yoshdan 35 yoshgacha oshirishga qaratilgan o'zgartirish kiritdi. Bu yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Mahalliy ijro hokimiyati organlariga uy-joylarni yoshlarga imtiyozli shartlarda ijaraga berish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha yangi vakolatlar berishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritildi”, degan deputat Jamila Nurmanbetova.

Shuningdek, Qozog'iston Parlamentida ayollarning 61 yoshda pensiyaga chiqishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham ma'qullandi.

Prezident Qosim-Jomart Toqaev joriy yilning sentyabr oyidagi Murojaatida ayollarning pensiya yoshini 2028-yilgacha 61 yosh darajasida saqlab qolish bo'yicha topshiriq bergan edi.