Zaharlanishning ilk holatlari 6-sentyabr kuni kuzatilgan.

Dastlab 58 nafar jabrlanganlar haqida xabar berilgan, 9-sentyabrga kelib esa ularning soni 460 nafarga yetgan.

Ulardan 83 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ikkitasi reanimatsiyada. Barcha jabrlanganlarning ahvoli ijobiy dinamika bilan barqaror deb baholanmoqda. Ikki bola reanimatsiyadan umumiy palataga oʻtkazilgan, deyiladi xabarda.

Mamlakatdagi barcha maktab oshxonalarida tekshiruvlar oʻtkaziladi. Hukumat zaharlanish alomatlari bilan kelgan barcha bolalar zarur tibbiy yordam, jumladan, psixologik yordam olishini maʼlum qilgan.