Bolalar ombudsmanining Qozogʻiston Bolalar ombudsmani bilan birgalikda samarali hamkorligi natijasida voyaga yetmagan I.A. va S.R. larga Olmaota shahri adaptatsiya markazida barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik koʻmak koʻrsatildi.
Jinoyat ishi doirasidagi ular bilan bogʻliq barcha tergov harakatlari oʻtkazilib boʻlganidan soʻng joriy yilning 24-avgust kuni qizlar Oʻzbekistonga qaytarildi va Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.
Shu kunlarda qizlarning opasi A.A. ni ularga vasiy etib belgilashga oid hujjatlar rasmiylashtirilishi jarayoni ketmoqda.
Shuningdek, hozirda R.R. ga nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman sudiga yuborildi.
Bu borada qoʻshimcha axborot berilishi maʼlum qilindi.