Qozog'istonda besh kun ichida 3D printeri usulida birinchi turar-joy binosi qurildi

    Qozog'istonning Olmaotada BM Partners 3D Print kompaniyasi sa'y-harakatlari bilan Markaziy Osiyoda 3D printeri usulida birinchi bor uy qurildi.

    Inshoot 3D printerlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahon yetakchisi COBOD kompaniyasi uskunasi yordamida chop etildi.

    Qurilish maydonchasiga maxsus beton aralashmasi yetkazib berildi, u yerda raqamli modelga muvofiq devorlar quyildi. Unga ishlatilgan qorishma mustahkam materiallardan tayyorlangan bo'lib, chunki bino seysmik faolligi yuqori bo'lgan hududda joylashgan, Rixter shkalasi bo'yicha 7 ballgacha bo'lgan zilzilaga bardosh berishi kerak.

    Devorlar “chop etilganidan” so'ng, qurilish guruhlari tomonidan binolarning eshiklari, derazalari va kommunal tizimlarini o'rnatish ishlari amalga oshirildi. Natijada, uy atigi besh kun ichida qurildi. Bir qavatli 3D uyning yashash maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi. Narxi 21 800 dollar turadi, bu shunday maydonga ega oddiy uylardan sezilarli darajada arzon, deb xabar beradi techcult.ru.