Qozog'istonda Bokudan Grozniyga uchayotgan yo'lovchi samolyoti halokatga uchradi

    Ozarbayjon havo yo'llari yo'lovchi samolyoti Aktauda halokatga uchradi.

    Qozog'iston g'arbidagi Aktau shahri aeroportida Bokudan Grozniyga uchayotgan “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining yo'lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

    “Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyot Aktau aeroportida halokatga uchradi, Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar xodimi va 11 birlik texnikasi samolyot halokatga uchragan joyga yetib keldi”, deyiladi xabarda.

    Qutqaruvchilar samolyotdagi yong'inni o'chirishga kirishdi, deb xabar beradi ria.ru.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, halokatdan omon qolganlar bor, deya qo'shimcha qildi Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

    Flightradar24 sayti ma'lumotlariga ko'ra, samolyot Aktau yaqinida qulab tushgan, keyin radarlardan g'oyib bo'lgan.