Unda neft va gaz sanoati istiqbollari, amaldagi vaziyat va sohani rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar soha mutaxassislari tomonidan keng muhokama qilindi. Konferensiya davomida neft va gaz sohasini kam uglerodli sanoatni tatbiq etish siyosatidagi rivojlanish istiqbollari, energetika sohasiga yashil texnologiyalar va ESGni tatbiq etish taʼsirlari mavzularida maʼruzalar qilindi.
Bundan tashqari, neft va gaz sohasini rivojlantirish, modernizatsiya va texnologiyalarni takomillashtirish, neft va gaz sohasiga investitsiyalar jalb etish imkoniyatlari, sunʼiy intellektning neft va gaz sanoatiga joriy etish samaradorligi, tajribalari, ekologik va sanoat xavfsizlikni taʼminlashda yangicha yondashuv, zamonaviy texnologiyalar kabi mavzularda ham muhokamalar oʻtkazilib, soha eksportlari maʼlumot hamda yangiliklardan xabardor boʻldi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan biznesni istiqbolli rivojlantirish uchun qulay sharoitlar, xalqaro investorlar uchun jozibador takliflar, sohadagi mavjud muammolar va bozordagi tendensiyalar muhokama qilindi. Soha mutaxassislari oʻzlari orttirgan tajriba hamda koʻnikmalari boʻyicha tegishli tavsiyalarni taklif qildi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar neft va gazni geologik qidiruvidan tortib qayta ishlash bosqichlarigacha boʻlgan pogʻonalarda joriy etilgan yangi texnologiyalar va istiqbolli loyihalar boʻyicha yangiliklar bilan tanishish bilan bir qatorda, energetika sohasida dekarbonizatsiya va yashil energoresurslarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, innovatsion sunʼiy intellekt ishlanmalarini neft va gaz sanoatiga joriy etish afzalliklari hamda oʻziga xos jihatlari, oʻrta va uzoq muddatlarda uglevodorod xom ashyolarining insoniyatga xizmat qilish istiqbollari va shu kabi hozirgi kunda soha uchun dolzarb boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻldi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ mutaxassislari konferensiyada ishtirok etayotgan xorijiy potensial hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi. Tegishli yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻrganishlarni olib borishga kelishib olindi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.