Ta’kidlanishicha, joriy yilning 14-oktabr kuni Chimkent shahridagi g‘isht zavodlarida tezkor tadbirlar o‘tkazilishi natijasida 60 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va yashash ruxsatnomasi yo‘qligi sababli Karatau tumani politsiyasi bo‘limiga olib ketilgan.
Vaziyat mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, surishtiruv davomida hujjatlari yo‘q 40 nafar yurtdoshimiz Chimkent shahridagi IIB vaqtinchalik saqlash markaziga va 24 nafari “Sana Sizem” tashkiloti yordamida hostelga joylashtirildi.
18-oktabr kuni 40 nafar fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari Chimkent shahri politsiyasi bo‘limi xodimlari tomonidan topilgan va ularga nisbatdan Qozog‘istonning Ma’muriy kodeksi bo‘yicha ish ko‘rilmoqda.
Ushbu holat bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili tomonidan Karatau tumani politsiyasi bo‘limida ushbu fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning huquqlari tushuntirildi. Fuqarolarning asosiy qismi pasportlari qaytarib berilsa, Vatanga qaytishini, ish beruvchiga nisbatan e’tirozlari yo‘qligini bildirdi.
Hostelga joylashtirilgan fuqarolar orasida A.A.ning borligi aniqlandi va murojaat bo‘yicha sudga qadar tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.