Qozog'istonda issiq ob-havo bo'yicha 53 yil avvalgi rekord yangilandi

    Sinoptiklarning ta'kidlashicha, may oyida mamlakat, ayniqsa, uning g'arbiy qismida yozgi issiq havo kuzatildi. Oyning oxiriga kelib butun mamlakat bo'ylab issiq ob-havo qayd etildi.

    Eng yuqori o'rtacha harorat 1-may kuni Mang'istau viloyatida Oqqudiq meteorologiya stansiyasida qayd etilgan: +34,1 darajagacha. Bu orqali 2005-yilda ushbu stansiyadagi kuzatuvlar bo'yicha avvalgi rekord (+33,9) yangilagan. Sam meteorologiya stansiyasida havoning maksimal harorati +32,5 darajani tashkil etdi, oxirgi marta 1975-yilda aynan shu kuni +31 daraja kuzatilgan.

    Atirau viloyatida 1-may kuni Qulsari ob-havo stansiyasida rekord o'rnatildi – termometr ko'rsatkichi +33,4 darajaga yetdi va shu tariqa 1986-yildagi rekordni (+31,8) yangiladi.

    Bundan tashqari, 1970-yildagi ikkita rekord yangilandi. 2-may kuni xuddi shu Qulsari stansiyasida 32,4 daraja issiq (53 yil avval 32,3 daraja edi) bo'ldi, G'arbiy Qozog'iston viloyatidagi Taypak ob-havo stansiyasida esa o'sha kuni eng yuqori havo harorati +32,2 darajani tashkil etdi va 1970-yilgi natijani deyarli bir darajaga yangiladi, deb xabar beradi tengrinews.kz.