Yangi loyihadan maqsad milliy muzqaymoq biologik qadriyatlarga boy va inson organizmi uchun foydali ekanligini isbotlashdan iborat. Biya sutidan tayyorlangan muzqaymoq boshqalardan farqli oʻlaroq, olovda pishiriladi, tarkibi oʻzgarmaydi va sof tabiiy mahsulot sifatida ishlatiladi.
“Bozorimizda milliy va sogʻlom qimizdan mahsulot turlari yetarli emas. Muzqaymoq yoshlarga ham, bolalarga ham yoqadi. Bu biomahsulotlardan foydalanish xalqimiz salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, — deydi Jadira Baydali.
Kollej oʻqituvchisining soʻzlariga koʻra, ichimlik tarkibida tabiiy immunitet xususiyatiga ega boʻlgan va inson salomatligi uchun foydali tabiiy oqsillar mavjud. Bundan tashqari, Jadira Baydali saumal (yangi sogʻilgan biya suti) qoʻshilgan sovun ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. U inson salomatligi uchun shifobaxsh xususiyatlarga ega. Kelgusida loyiha davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, ekomahsulotlarni Qozogʻiston viloyatlari va xorijga eksport qilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Kazinform.