Qozogʻistonda koronavirusga qarshi birinchi emlash amalga oshirildi

    Salomatlik 1 Avgust 2020 1672

    Tengrinews.kz saytining 24.kz telekanaliga tayanib bergan maʼlumotiga koʻra, Qozogʻistonda ilk bor koronavirusga qarshi emlash ishlari Qozogʻiston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida oʻtkazilayotgan sinovlar doirasida amalga oshirildi.

    Qozoq milliy agrar universiteti qoshidagi Xalqaro vaksinologiya markazi rahbari Qaysar Tabinov vaksinani oʻzida sinab koʻrish uchun qabul qilgan birinchi inson boʻldi. Unga “COVAX-19” deb nomlangan dori yuborildi. Ushbu dori vositasi Avstraliyada ishlab chiqarilgan va u ayni paytda klinik sinovdan oʻtkazilmoqda.

    Ayni paytda mazkur mamlakatning oʻzida ham COVID-19dan himoyalanish uchun vaksina yaratish ustida ishlar olib borilyapti va birinchi namunalar tayyor. Xabar berilishicha, bu boradagi klinik sinovlar tez orada boshlanadi.