Vazirning taʼkidlashicha yuqori ball olgan, biroq grantga ega boʻlmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud ekan. Hozirda bir nechta tashkilotlar oʻz grantlarini taqdim etyapti ekan. Maʼlum boʻlishicha, mahalliy ijro hokimiyati organlaridan 2 mingdan ortiq grant ajratilyapti. Bu koʻrsatkichning yana ortishi kutilyapti. Bundan tashqari, KazEnergy hamjamiyatining grantlari mavjud. X.A. Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida taʼlim olish uchun Turkiya Respublikasining 500 ta granti berildi. Freedom Finance Group tomonidan 400 ta grant ajratildi. Turkistondagi Xalqaro turizm va mehmondoʻstlik universiteti 800 ta maqsadli grant taklif qildi. “Qazaqstan xalqыna” jamgʻarmasi tomonidan esa 850 ta grant ajratiladi ekan.
Undan tashqari Satbayev, Yesenov, Amanjolov, Toraygʻirov, Turan-Astana va boshqa universitetlar rektorlik grantlarini ajratadi. Shu bilan bir qatorda sessiya natijalariga koʻra bepul grantlar olish imkoniyati ham mavjud.
Ish beruvchilar grantlari ham taqdim etiladi. Umuman olganda, 10 mingdan ortiq qoʻshimcha grantlar ajratiladi, deb xabar beradi Kazinform.