Bosh konsulxona xodimlari sa'y-harakatlari bilan "Qiyin ahvoldagi bolalarni qo'llab-quvvatlash markazi" va Olmaota shahar ta'lim boshqarmasi bilan birgalikda 17 yoshli I.R., 12 yoshli S.R. va ikki yoshli M.N.ni O'zbekistonga qaytarish bo'yicha barcha zarur hujjatlar tayyorlandi.
Shu yilning 24-avgust kuni Bosh konsulxona diplomatlari voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish va yaqin qarindoshlariga yetkazish maqsadida O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimiga topshirdilar.