Qozogʻistonda qoʻlga olingan shaxs Oʻzbekiston fuqarosi emas — TIV

    Xavfsizlik 18 Yanvar 2022 1865

    Yaqinda qator ommaviy axborot vositalarida Qozogʻistonda sodir boʻlgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2022-yil 17-yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozogʻiston Respublikasi) “Jibek joli” oʻtish punktida qoʻlga olinganligi haqida yangiliklar eʼlon qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi matbuot xizmatidan olingan maʼlumotga koʻra, qoʻlga olingan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emas, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili oʻzining rasmiy telegram kanalida.

    Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining veb-saytida joylashtirilgan.