Qozogʻistonda “SamAvto” SAZ LE60 avtobuslarini ishlab chiqarish boshlanadi

    Sanoat 28 May 2021 2125

    26-may kuni Samarqand avtomobil zavodi va “SarыarkaAvtoProm” Qozogʻistonda SamAvto SAZ LE60 past polli avtobuslarini ishlab chiqarishni boshlash toʻgʻrisida bitim imzoladilar. Seriyali ishlab chiqarish iyun oyida boshlanadi.

    “SarыarkaAvtoProm” MCHJ “SamAuto” MCHJ QK bilan hamkorlikda Qozogʻistonning shimoliy hududlari uchun moslashtirilgan SamAvto SAZ LE60 avtobuslarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

    Samarqand avtomobil zavodi va “SarыarkaAvtoProm” oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi asosiy bitimni imzolash Qozogʻiston poytaxtida shu yilning 26-may kuni boʻlib oʻtdi.

    “Yaxshi qoʻshnimizning Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan SamAvto SAZ LE60 avtobusiga boʻlgan qiziqishini yuqori baholaymiz. Ushbu avtobus Qozogʻistonning janubiy viloyatlari iqlim sharoitiga moslashtirilib boʻlingan edi, endi u Qozogʻistonning qahraton Shimoliga ham moslashtirildi. Umid qilamanki, Qozogʻiston aholisi avtobuslarning qulayligi, xavfsizligi, chidamliligi kabi afzalliklariga toʻliq baho bera olishadi” deya sharhlaydi “SamAuto” MCHJ QK Bosh direktori Ulmas Yuldashev.

    Seriyali ishlab chiqarishni boshlash iyun oyida boshlanadi va shu yil oxiriga qadar 200 dona texnika ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, 2022-yilda bu raqamni 1000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.

    “Mamlakatdagi avtobus parklarining eskirishi bilan bogʻliq mavjud muammoning yechimini hamyonbop yoʻlovchi transport vositalarini ishlab chiqarishda koʻramiz. Mahsulotlarimizni tanlashda biz texnik xususiyatlardan kelib chiqamiz - Euro V ekologik klassi va yoʻlovchilarning xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. SAZ LE60 avtobusi ushbu talablarning barchasiga toʻliq javob beradi, shuning uchun biz uni Qozogʻistondagi yoʻnalishlarda kutmoqdamiz”,deya taʼkidladi“Allur” kompaniyalar guruhi prezidenti Oksana Xolstinina.

    “SarыarkaAvtoProm” zavodi Qozogʻistonning istalgan mintaqasining shaxsiy buyurtmalari uchun SAZ Samarqand avtomobil zavodi avtobuslarini toʻldirish imkoniyatiga ega.

    Eslatib oʻtamiz, 27-mart kuni Turkiston shahrida (Qozogʻiston) SAZ LE60 “SamAvto” past polli avtobuslarning uchinchi partiyasi yetkazib berish amalga oshirilgan edi. Barcha yillar davomida Samarqand avtomobil zavodi avtobuslarining Qozogʻistonga eksporti 920 donani tashkil etdi, shundan 333 tasi SAZ LE60 rusumiga tegishli.

    2021-yildan beri past polli “SamAvto” SAZ LE60 avtobusi yangilangan versiyada ishlab chiqarilmoqda. Yangilangan modelga “Gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida” gi YEIB Bojxona ittifoqining texnik reglamentiga muvofiqlik sertifikati topshirildi. Olingan sertifikat Rossiya, Qozogʻiston, Belorussiya, Armaniston va Qirgʻizistonda 2024-yilgacha amal qiladi.

    Shuningdek, 2020-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin ishtirokida Kostanay shahrida UzAuto Motors kompaniyasi “SarыarkaAvtoProm” MCHJ negizida Chevrolet avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.