Qozog'istonda suv toshqini sababli evakuatsiya qilinganlar soni 117 ming nafardan oshdi

    Qozog'iston qutqaruvchilari suv toshqini bilan bog'liq vaziyat tufayli aholi punktlaridan 117 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi.

    Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasi va harbiy qismlar qo'mitasining mas'ul xodimi Yerasil Saypash brifingda ma'lum qildi.

    “Toshqin davridan buyon 117 142 kishi qutqarildi va evakuatsiya qilindi, ularning 40 833 nafari bolalardir. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 6 932 kishi joylashtirildi, ularning 3 111 nafari bolalardir. Shu vaqtgacha 17 547 kishi uyiga qaytdi”, dedi u.

    Ayni paytda beshta hududda 5 ming 677 ta xususiy uy-joy, 1 ming 326 ta hovli maydoni va 3 mingdan ortiq dala-hovli suv ostida qolgan. 3873 ta turar-joy binosi va 2502 ta hovlidan suv olib chiqildi.

    Mart oyida boshlangan suv toshqini tufayli Qozog'istonning sakkizta viloyatida mahalliy favqulodda vaziyat saqlanib qolmoqda. Qutqaruv ishlariga 46 mingdan ortiq kishi, 4 mingdan ortiq texnika va 16 samolyot jalb etilgan, deb xabar beradi report.az.