Bu haqda Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasi va harbiy bo'linmalar qo'mitasining mas'ul xodimi Yerasil Saypash brifingda ma'lum qildi.
“Toshqin davri boshidan buyon 111 194 kishi qutqarib olindi, ulardan 6 814 nafari vaqtinchalik joylashtirish markazlarida, shundan 11 950 nafari bolalardir”, dedi u.
Ayni paytda 5411 ta xususiy turar-joy binolari, 1607 ta hovlilar va 2035 ta qishloq uylari suv ostida qolgan. 3503 ta turar-joy binosi va 2157 ta hovlidan suv chiqarildi. 82 ta aholi punkti transport aloqasisiz qolmoqda.
Mart oyida boshlangan suv toshqini tufayli Qozog'istonning sakkizta viloyatida mahalliy favqulodda vaziyat saqlanib qolmoqda. Qutqaruv ishlariga 33 mingdan ortiq kishi, 4 ming texnika va 17 samolyot jalb etilgan, deb xabar beradi tass.ru.