Transport infratuzilmasi, ayniqsa, yoʻl va koʻpriklar shikastlangan, gʻarbiy va shimoliy hududlardagi toʻgʻonlardasuv toshib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bayonotiga koʻra, suv toshqini zonalaridan 99 ming 920 kishi ejvakuatsiya qilingan. Ayni paytda ularning 6 ming 566 nafari vaqtinchalik joylashtirish markazlarida turgan boʻlsa, 9 ming 15 nafari esa oʻz uyiga qaytgan.

Suv bosgan qishloq joylardan 98 ming 106 bosh mayda va yirik chorva mollari evakuatsiya qilindi, 8 mingdan ortiq chorva nobud boʻldi.

Aholini koʻchirish va suv toshqinlariga qarshi kurashda harbiylar bilan birga 34 mingdan ortiq kishi kechayu kunduz mehnat qilmoqda. Ming tonna insonparvarlik yordami toshqindan jabr koʻrgan hududlarga yetkazildi.