Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bir qavatli texnik xizmat ko'rsatish stansiyasi binosida gaz-havo aralashmasi ta'sirida portlash sodir bo'lgan. Voqea joyida qidiruv ishlari davom etmoqda. U yerda qutqaruvchilardan tashqari shifokorlar ham bor, ularga 12 kishi yordam so'rab murojaat qilgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi yetib keldi. Tezkor shtab ishga tushirilib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish xizmatlarining barchasi ish olib bormoqda, deb xabar beradi mir24.tv.