Hukumat “Qozogʻiston Respublikasi bayramlari toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha kiritilishini tasdiqladi.

“Hukumatning № 689-sonli “Bayram kunlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori quyidagicha toʻldirilsin:

koʻrsatilgan qaror bilan tasdiqlangan Qozogʻiston Respublikasidagi bayram kunlari roʻyxati 22-1-band bilan quyidagi mazmunda toʻldirilsin:

22-1. "10-avgust — Abay kuni”, — deyiladi hujjatda.

Qaror rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda bu yil buyuk qozoq shoiri tavalludining 175-yilligi keng nishonlanadi.