Bu haqda Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Korporatsiya Kazaxmis” MChJga qarashli konda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yettinchi xodimning ham jasadi topildi. Uning shaxsi aniqlanmoqda. Barcha yetti nafar ishchining jasadi yer yuzasiga ko'tarilib, sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish uchun politsiya xodimlariga topshirildi”, deyiladi xabarda.
17-fevral kuni kechqurun “Kazaxmis” kompaniyalar guruhi respublikaning Ulitov viloyatidagi Jomart konida tosh massasi qulashi sodir bo'lgani, oqibatda 7 nafar ishchi vayronalar ostida qolib ketgani, ular bilan aloqa uzilib qolgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq qutqaruvchilar vayronalar ostidan olti kishining jasadini topishdi.
Qozog'iston hukumati voqea sabablarini o'rganish uchun Bosh vazir o'rinbosari Kanat Bozumbayev boshchiligida maxsus komissiya tuzilganini ma'lum qildi, deb xabar beradi news.rambler.ru.