Qarorga binoan quyidagi shaxslar uchun davlat chegarasini kesib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi:
- Qozogʻiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan chet elliklar va ularning oila aʼzolari;
- Qozogʻiston Respublikasi fuqarolarining oila aʼzolari hisoblangan chet elliklar.
Ushbu toifadagi shaxslar Qozogʻiston Respublikasi davlat chegarasini 90 kun ichida bir martadan ortiq kesib oʻtishlari mumkin emas (ilgari bu 30 kun edi), deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.