O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlarining kelishuviga asosan joriy yilning 15-fevralidan boshlab, Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ikki davlatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda har bir tomondan haftasiga 1 tadan 2 tagacha ko‘paytiriladi.

«Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda Qozog‘istonning «Air Astana» aviakompaniyasi tomonidan ham parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.