Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻiston Respublikasining Savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanov rahbarligidagi delegatsiya 27-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Fargʻona viloyatiga kelgan.
Tashrifdan maqsad, ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida erishilgan kelishuv doirasida Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ulgurji tarqatish markazi tashkil etish hamda bu orqali viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini toʻgʻridan toʻgʻri Qozogʻistonning yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berilishini yoʻlga qoʻyishni takomillashtirishdan iborat.