Delegatsiyasiga Oʻzbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursinbekov hamrohlik qildi.
Qozogʻiston delegatsiyasi rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda turizm va qishloq xoʻjaligi sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shundan soʻng, Mangistau viloyati vakillari I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, bu yerda namoyish etilayotgan asarlarning ahamiyatini yuqori baholadilar.
Muzeyning majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi hamda Mangistau viloyati hokimligi oʻrtasida turizm sohasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida ikki hudud turoperatorlarining B2B formatidagi uchrashuvlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, Qozogʻiston vakillari Chimboy tumanidagi qoraqalpoq va qozoq oʻtovlarini ishlab chiqarish ustaxonasi faoliyatini koʻzdan kechirdilar. Ustaxona mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi va kelgusida qozoq oʻtovlarini buyurtma berish boʻyicha kelishib olindi.