Qozogʻistonning Agromarket startapi Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi

    Keyingi avlod 3 Fevral 2022 1309

    2022-yil 31-yanvarda IT Parkga Qozogʻistondagi IT-kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi tashrif buyurdi.

    Qozogʻistonlik mehmonlarga IT Park faoliyati, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va axborot texnologiyalari sohasidagi islohotlar haqida soʻzlab berildi. Qolaversa, mehmonlarga IT Park ofisi boʻylab ekskursiya uyushtirilib, qurilayotgan IT-majmuasi haqida aytib oʻtildi.

    Bundan tashqari, mehmonlar Qozogʻistonning Agromarket startapi, Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida soʻzlab berdilar.

    Agromarket – bu qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga bagʻishlangan platforma boʻlib, fermerlarga oʻz mahsulotlarini oxirgi xaridorlarga vositachilarsiz sotish imkonini beradi.

    Mehmonlar IT-mutaxassislarini tayyorlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalar va rivojlanish koʻlamini taʼkidladilar. Qolaversa, ular Oʻzbekiston bozorining ulkan salohiyatini taʼkidlab, hamkorlik va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi, deb xabar beradi it-park.uz