Forum Oʻzbekiston va Rossiya hududlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, ikki davlat ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Shuningdek, Tadbir doirasida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston-Rossiya va Rossiya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashlarining qoʻshma yigʻilishi, shuningdek, “Rossiya va Oʻzbekiston: taraqqiyotning yangi imkoniyatlari” mavzusida koʻrgazma boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi koʻmagida tashkil etiladi.
Forum davomida transport-logistika, sanoat, turizm va yoshlar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama etilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.