Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ichida yozuvchi-shoirlar bilan birga olimlar, adabiyotshunoslar, dramaturglar, publitsistlar, tilshunoslar, tarjimonlar, baxshilar, jurnalistlar, kinoshunoslar, rassomlarning ham borligi bir ijodkor sifatida meni juda quvontiradi. Chunki bu uygʻunlikda sheʼr, hikoya, qissa, romandan tashqari adabiyot va sanʼatning boshqa janrlaridagi goʻzal asarlar yaratilmoqda.
Kuni kecha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli rassom Gulnora Rahmon ana shunday asarlardan birini yakunladi. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, pedagogika fanlari doktori, adabiyotshunos olim Qozoqboӣ Ӣӯldosh portretini chizdi. Suratda adabiyotshunos oʻzining “Xolis eʼtirof” kitobini minbardan turib koʻrsatayotgani tasvirlangan. “Gulnor-2022”, deya imzo qoʻyilgan, matoga moyboʻyoqda ishlangan suratning hajmi 80x70 ekan.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining boshqa aʼzolariga ham shu kabi tarixiy asarlar yaratish nasib qilaversin, deb qolamiz.
Fozil Farhod