U xaridorni mazkur yer­ni uning nomiga rasmiylashtirib berishga ishontirib, evaziga 20 ming AQSh dollari va 100 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u kelishilgan pul mablag‘ining 15 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan shunday holatlarga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘raladi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.