Bu galgi tadbir ham yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.
Unda an'anaga muvofiq jamiyatning eng faol va tashabbuskor insonlari taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filianing navoiylik qoraqalpoq talabasi Quanishbek Yerejepbayev ham bor. U “Yilning eng faol yoshi” nominatsiyasi bo'yicha Joqorg'i Kenges Komiteti boshlig'i tomonidan taqdirlandi.
Quanishbek tibbiyot sohasida tahsil olish barobarida qator yutuqlarga erishib kelayotgan iqtidorli yoshlardan. Kelgusida u o'z sohasining etuk mutaxassisi bo'lib, aholimiz salomatligini ta'minlashga hissa qo'shishni maqsad qilgan.