Dollarning hozirgi ahvoli: Nega qiymati tushmokda?

Trampning tariflari – AQSH importiga 10% dan ortiq qoʻshimcha toʻlovlar joriy etildi, bu esa inflyatsiyani koʻtardi.

Ishonchning yoʻqolishi – AQSHning hattoki yaqin hamkorlari (Yevropa, Yaponiya) bilan munosabatlari buzilishi investorlarni vahimaga solishi aniq.

Kapitalning qochishi – Xalqaro investorlar AQSH aktivlarini sotib olishni kamaytirmokda.

Qaysi omillar dollarning "eks-chempion" boʻlishiga olib kelishi mumkin?

Yevro va yuanning koʻtarilishi – Xitoy va Yevropa yagona pul siyosatini liberallashtirmokda va mustahkamlamoqda.

Rossiya, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar oʻz savdolarida dollarni ishlatishni kamaytirmokda.

AQSHning ichki siyosiy noanikligi – Federal Rezervning mustaqilligiga shubxaniing mavjudliligi.

Qanday valyutalar dollarga raqib boʻlishi mumkin?

Yevro (EUR) – Yevropa Ittifoqining iqtisodiy birligi kuchli, lekin siyosiy parchalanish xavfi ham mavjud.

Yuan (CNY) – Xitoy pulining jaxondagi ulushi 3% ni tashkil etadi.

Dollar hali ham "qirol", lekin?

AQSH dollarining jaxon iqtisodiyotidagi oʻrnini (valyuta ayirboshlash operatsiyalarining 88% da ishtiroki bor) almashtirish qiyin. Lekin Trampning proteksionistik siyosati, AQSHning geosayosiy taʼsirining pasayishi va dedollarizatsiya tendensiyasi uzoq muddatda "yagona global valyuta" statusini yoʻqotadigan ssenariyni olib kelishi mumkin.

Agar dollar 30% ga tushsa, AQSHdagi inflyatsiya 5% ga chiqadi, Rossiya va Oʻzbekiston kabi mamlakat iqtisodiyotlari esa eksportdan koʻproq foyda koʻradi.