Jumladan, soat 11:21 da Jizzax shahar Zilol “MFY”da joylashgan ko'p qavatli uyning 7-qavatida 3 yoshli qizcha va soat 11:50 da “Kimyogar” MFYda joylashgan ko'p qavatli uyning 3-qavatida ikki nafar bolalar qulflanib qolgan uyda qolganligi to'g'risida ma'lumot kelib tushdi.
Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar dastlabki manzilda maxsus asbob-anjomlar yordamida qisqa vaqtda ichida qulflanib qolgan eshikni ochib qizchani, keyingi manzilga borilganda qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va maxsus arqon yordamida alpinistik harakatlarni amalga oshirib, uy ichida qolgan 2 nafar bolajonni onasiga sog'-salomat topshirdilar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi o'z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg'iz qoldirmaslikni so'raydi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.