Qum-shag'alni noqonuniy qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

    Qonunbuzarlik Shofirkon tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi tomonidan o'tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirida aniqlandi.

    Bu haqida Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, Davlat ekologiya qo'mitasi xabar bermoqda.

    Reyd tadbiri davomida SHofirkon tumani G'alaba cho'l massivi hududidan fuqaro T.Sh tomonidan noqonuniy tarzda qum-shag'al aralashmasini qazib olayotganligi holati aniqlandi.

    Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million so'm jarima belgilandi.